|
Kirish|A'zo bo'lish
Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduni Andorraga qarshi o‘yinda nima uchun zahiradan tushurganini aytdi


Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Andorraga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda(2:0) Ronalduni boshlang‘ich tarkibga kiritmadi.
Portugaliyalik murabbiy buning sababini izohlab o‘tdi.

«Men bu haqda ko‘p o‘yladim. Ronaldu ikki kun ichida 100 foiz shug‘ullanmadi. Bunday qarorga kelishimga ko‘p sabablar bor edi.


O‘yinlar qiyin. Shu bois, jamoaga foyda keltiradigan qarorlarni qabul qilaman. Ushbu qarorga shubha bilan qaradimmi? Biz g‘alaba qozondik — bu eng muhimi», — dedi Santush.
Ronaldu Andorraga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida maydonga tushdi va 63-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi JCH-2018 saralash bosqichidagi gollari sonini 15taga yetkazib, Polsha terma jamoasi hujumchisi Levandovski bilan tenglashib oldi.

Admin
Fikr bildirish
Ulashish
Online
Statok.net