|
Kirish|A'zo bo'lish
Isko Ronalduning La ligadagi golsiz seriyasi xaqida: «U EChLda gol urmoqda»

«Real» yarim ximoyachisi Isko Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan «Espanol»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.


O'yindan keyin futbolchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Yoshlar terma jamoasida o'ynaganimda oyog'imning uchi bilan zarba berib, gol urgandim. Endi yana bir marta shunday gol urdim.


O'z gollarimdan va jamoaning g'alabasidan hursandman.
Ushbu mavsumda gollar urish bizga oson bo'lmayapti, lekin biz ko'p vaziyatlar yaratyapmiz.
Bu — muximi. Xali oldinda o'yinlar ko'p va biz o'z o'yinimizni albatta kuchaytiramiz.

Ronalduning La ligadagi 3ta o'yindan iborat golsiz seriyasi? Lekin u Chempionlar ligasida gol urmoqda. Eng muximi — biz g'alaba qozondik», — dedi Isko.

Ulashish
Online