|
Kirish|A'zo bo'lish
Ispaniya La-Ligasi. «Real» Iskoning dubli evaziga g'alaba qozondi


Ispaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan “Real” – “Espanol” uchrashuvi yakunlandi.

Unda madridliklar Iskoning dubli evaziga g'alabani rasmiylashtirishdi.
Dastlab Isko 30-daqiqada Ronalduning uzatmasidan so'ng yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, xisobni ochgan bo'lsa, 71-daqiqada chamasi 20 metrlardan to'g'ri zarba yo'llab, o'yinda dubl muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Real”ning o'z maydonida mavsumdagi ilk g'alabasiga katta hissasini qo'shdi.

Shuningdek, “qirollik klubi” ushbu g'alaba evaziga 7-turdan so'ng 14 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalining 5-o'rniga ko'tarilib oldi.


Biroq “Barselona” bilan o'rtadagi 7 ochkolik farq xamon o'zgarmasdan qolmoqda.

Ispaniya La-Ligasi, 7-tur.

«Real» – «Espanol» – 2:0 (1:0)
Gollar: Isko 30, Isko 71.

«Real»:Navas, Ashraf, Varan, Ramos, Nacho, Modrich (Sebalos 82), Kazemiro, Kroos (Vaskes 69), Isko (Mayoral 90), Ronaldu, Asensio.

«Espanol»: Pau, Sanches (Granero 69), Lopes, Ermoso, Karikol, Roka (Navarro 46), Darder, Fuego, Hurado (Garsiya 46), Baptistao, Moreno.

Ogoxlantirishlar:Nacho 36, Sanches 65, Kazemiro 77.

Ulashish
Online