|
Kirish|A'zo bo'lish
Levandovski Ronalduni quvib o'tib rekord o'rnatdi

Polsha terma jamoasi xujumchisi Robert Levandovski JCh-2018 saralashi doirasida Armanistonga qarshi kechgan va 6:1 xisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda 3ta gol urdi.


Shu tariqa «Bavariya» futbolchisi jaxon chempionati uchun saralashda o'tkazilgan 9 o'yinda urgan gollari sonini 15taga etkazdi.


Bu esa Jaxon chempionati saralashida Evropa mintaqasidagi yangi rekord xisoblanadi.

Bundan avvalgi rekord germaniyalik Gerd Myuller va portugaliyalik Krishitanu Ronalduga tegishli edi (14tadan gol). Ronalduda Levandovskini bombardirlar poygasida quvib o'tib, yangi rekord o'rnatish uchun ikkita o'yin bor (Andorra va Shveycariya terma jamoalariga qarshi o'yinlar), polshalik futbolchi xam yana bir uchrashuvda o'z imkoniyatini sinab ko'radi.


(Chernogoriyaga qarshi Varshavadagi o'yin).

Ulashish
Online